Sunday, 15 April 2012

Oxford sayohati


Oxford degan azim va navqiron shaharga borib keldim. Afsus, safar to'g'risida batafsil yozishga hozir na vaqt bor, na kuch. Ammo bir kun kelib albatta yozaman, chunki o'rtoqlashadigan narsa ko'p. Kembridj haqida yozganimdan keyin, albatta. Balkim, vaqtim bo'lsa, ikkala shahar o'rtasidagi o'ziga xos munosabat to'g'risida ham yozarman.

Oxford menga yoqdi, Kembridjga qaraganda kattaroq, shaharga o'xshaydiganroq shahar ekan. Ammo kaminangizga baribir Kembridj ko'proq yoqadi. Sababini keyingi yozuvlardan birida batafsil yoritaman.