Monday, 10 December 2012
"Parizod" yoxud yangi o'zbek kinosi haqida
Bundan bir yilcha oldin, rus tilida chop qilinadigan jurnallarimizning birida hozirgi o'zbek kinosi haqida bir maqola yozgandim. Unda kinolarimizning bir xilligi, san'at asari darajasidan ancha pastda ekanligi haqida fikr yuritgandim. Yetkazmoqchi bo'lgan fikrim, qisqacha, quyidagicha edi: kino sanoatimiz juda tez rivojlanayapti, lekin filmlar faqatgina daromad olish maqsadida ishlanadigan bo'lsa, ularning saviyasi hech qachon ko'tarilmaydi. Albatta, taklifni talab belgilaydi, lekin kinochilarimiz filmlar darajasini birozgina oshirishsa, bundan hamma yutadi. Ham uydagi muxlislar mehrini qozonsa bo'ladi, ham chetga uyalmasdan olib chiqsa bo'ladigan filmlar yaratiladi.
Maqolani yozishga turtki bo'lgan tuyg'u o'quvchiga tanish bo'lsa kerak. Lekin, ochig'i, unga qanday ta'rif berishni bilmayman. Bir-ikkita yaxshi kino ko'rib qo'yib, o'zini kino ixlosmandi deb biladigan odamning hozirgi kinolarimizga yuqoridan qarashi, deb ta'riflasa bo'lar. Boshqa so'z bilan aytganda, "toza san'at" "bozorbop mahsulot" girdobida yo'qolib ketayapti, degan norozilik kayfiyati.
Oradan oylar o'tib, yozning issiq bir kunida Toshkent kinoteatrlaridan biri yonidan o'tib ketayotib, Ayub Shahobiddinovning "Parizod" filmining posterini ko'rib qoldim. Ssenariyni atoqli yozuvchimiz Erkin A'zam yozganini o'qiganimdan keyin, kinoni ko'rishga qaror qildim. Bungacha Shahobiddinovning "Sevinch" va "O'tov" filmlarini ko'rgan edim, lekin rejissorning ismini eslab qolishga majbur qilgan film aynan "O'tov" bo'lgan.
"Parizodning" e'loni ham boshqa posterlar ichida o'zining oddiyligi bilan (boshqa kinolarnikini ko'rgansizlar - odatda juda jimjimador, bachkana) ajralib turardi. Kassaga borsam, yopiq ekan - soat ertalabki to'qqizlar edi, adashmasam. Shu yerdagi militsionerlar bilan gaplashib qolib, ulardan kino haqida so'raganimda, menga bir telefon raqamini berishdi. Kinoteatr xodimlaridan birining raqami ekan - qo'ng'iroq qildim, "Parizod" haqida so'radim. Go'shakni olgan xodim "Necha kishisizlar?" deb so'radi. "4-5 kishi bo'lib kelsalaring, qo'yib beramiz, gap yo'q, lekin odam yo'g'roq, shunga qo'ymayapmiz," dedi.
4-5 kishi bo'lmaganimiz uchun, kinoga oxir-oqibatda bormadik, lekin menda "Parizod"ni ko'rish ishtiyoqi so'nmadi. Shuning uchundir balki, Kembridj universitetidagi Markaziy Osiyo davlatlari jamiyatlari Markaziy Osiyo davlatlari birinchi kinofestivalini tashkil qilishni taklif qilishib, "O'zbekistondan qanday kino qo'yamiz?" degan savolni berishganida, birinchi bo'lib hayolimga Ayub Shahobiddinov filmlari keldi. Tasodifga ko'ra, Ayub aka bilan umumiy tanishimiz bor ekan, aloqa o'rnatishda yordam berdi. Ayub Shahobiddinov festivalda ko'rsatish uchun bizga uchta film yubordi. O'zbekiston jamiyati vakili sifatida kaminangiz uzoq mulohazadan so'ng (Yo "O'tov"ni qo'ysakmikan? degan savol tinchlik bermadi) "Parizod"ni festivalga tavsiya qildim. 22 noyabr kuni filmni bu yerdagi talabalar va professor-o'qituvchilarga namoyish qildik. Auditoriyada O'zbekistonni yaxshi biladiganlar bilan bir qatorda deyarli hech narsa bilmaydiganlar ham bor edi. Namoyishdan keyingi suxbatlardan film ko'pchilikda ajoyib taassurot qoldirganini o'rgandim.
Film haqida yoza boshlasam, ko'p narsa qoralab tashlashim aniq. "Parizod"ga qisqacha "bir baxtsiz ayol qissasi", deb ta'rif bersa bo'ladi. Boysun tog'lari orasida suratga olingan filmda menga hamma narsa yoqdi - aktyorlar o'yini, operator mahorati, ayniqsa Ubaydulla Karimovning etni junjuktirib, uzoq vaqt xotirada qolib ketadigan musiqasi. Kinotasmani ko'rib bo'lgach, bir necha kun davomida "o'zimga kelolmay" yurdim, desam mubolag'a bo'lmas. Filmda voqealar ajoyib mahorat bilan bog'langan - salkam bir yarim soatlik filmni bir nafasda ko'rib tugatasiz.
Filmni ko'rib, yozdagi voqeani eslab, zamondoshlarimga "Bizda shunday filmlar ishlanayapti, sizlar nimaga uni ko'rmayapsizlar?" deb murojaat qilgim keldi. "Parizod" shu yilning sentabr oyida MDH davlatlari hamda Latviya, Litva va Estoniya filmlarining "Kinoshok 2012" festivalida jyurining bir ovozli qarori bilan eng yuqori sovrin - Granpriga sazovor bo'ldi. Ya'ni, 15 ta davlat filmlari ichida 2012 yilda ishlangan eng yaxshi film, degani. Lekin mintaqa miqyosida diqqat va obro'ga loyiq bo'lgan ana shu filmni (va yana shunga o'xshash o'nlab ajoyib kinotasmalarni) turli-tuman qo'shiqchiyu chala aktyorlar o'ynaydigan filmlarni bitta qoldirmay ko'radigan o'zimizning yoshlar nima uchun bee'tibor qoldirishmoqda? O'nlab yil tarixga ega bo'lgan, kino san'atimizning mash'alalari bo'lgan "Alisher Navoiy," "O'tgan kunlar," "Mahallada duv-duv gap" filmlari yaratilgan "O'zbekfilm" hozirgi kunda ham ajoyib filmlarni yaratishda davom etayapti. Ammo nima uchun yangi avlod haqiqiy san'atning o'rniga "yana bahor kelguncha" esdan chiqib ketadigan asarlarga muxlislik qilmoqda? Balkim haqiqatda yaxshi kinolarni ko'proq reklama qilish kerakdir? Ya'ni, ular haqidagi xabarni kengroq yoyish kerakdir?
Bu mulohazalarim, shubhasiz, asriy bir savolga yetaklaydi: San'at odamlar uchunmi, yo odamlar san'at uchunmi? Bu savolga hamma turlicha javob beradi. Odamlar iste'mol qiladigan narsa san'at emas, san'at faqat va faqat yuksak mavzularni ko'tarishi lozim, deydigan fikr bor. Yoki aksincha, odamlar nimani ko'rsa, o'qisa, yoqtirsa, o'sha - san'at, deydigan mulohaza ham mavjud. Men bu yerda bu fikrlarning bittasini qo'llamoqchi emasman. Shunchaki, zamondoshlarimning aksariyati nimalarga qiziqishi, nimalar haqida o'ylashi, san'atni qanday qabul qilishiga qiziqib, bu yozuvni yozdim. Ayub Shahobiddinov kabi san'atkorlar borligidan quvonsam-da, ularning asarlari nima uchundir o'zlari munosib bo'lgan e'tiborni topmayotgani haqida o'ylanib, yozdim.
Subscribe to:
Post Comments (Atom)
Assalomu Aleykum. Katta Raxmat maqola uchun. "Parizod" filmini o'tkan oyning boshlarida ko'rganidim. O'zbekistonda emasligim uchun kinoteatrda ko'rish imkonim yo'q. O'sha siz tushgan axvolga men ham tushdim. Juda og'ir kino, ancha vaqt kayfiyatim ochilmay yurdim menga o'z ta'sirini o'tkaza oldi, kinoni men his qildim. O'zbek kinosi va o'zbek kino muxlislari haqida qizqacha fikrimni bildirib o'tishimga ruxsat berasiz. Hozirgi o'zbek kinolari (aslida videofilm deyishka ham uyaladi odam) juda ham sayozki kino boshlanmasidan oxirigacha bo'ladigan voqeani aytib berish qiyin emas. Tomoshabin juda ham osonlik bilan kinoni tushunib oladi. Kinodan nimadir olishka emas kinodagi qaxramonlarning kiyinish uslubi, yashash tarzi, mashinasini ko'rib zavqlanadi. "Qo'rg'oshin" "Parizod" vahokazolardan inson ko'p ozuqa to'plashi mumkin lekin uning uchun ham harakat qilish kerak ya'ni o'sha filmni tubida yotgan ma'noni aqlni ishlatib teran fikrlab topa bilish kerak. O'zbek tomoshabini esa erinadi. Yengil yelpisini tanyadi. Nima demoqchi ekanligimni tushuntirolgan bo'lsam hursanman))))
ReplyDeleteI really love your work it’s very beneficial to many people’s. Your blog approach helps many people like myself. Its content is very easy to understand and helps a lot,
ReplyDeleteDo visit my site for new and Updated software :u!
Brave Browser Crack
WhatsApp Mac Crack
FIFA Mobile Soccer Mod APK
DaisyDisk Mac Crack
NetWorx Crack
KMSAuto Net Crack
PUBG PC Crack
Synthesia Crack