Saturday 18 July 2015

London haqida



London bilan munosabatlarimiz o'ziga xos. Uni yomon ko'raman, deb aytolmayman, garchi yoqmaydigan jihatlari ko'p. Lekin yaxshi ko'raman, deyishim ham qiyin.

Birinchi marta borganimda, katta shaharlarning ko'pchiligi kabi, London ko'kragimdan itargandek tuyulgan menga. Manchesterga qiyoslaganda, ko'p narsaning narxi ikki baravar. Xuddi narxlari kabi, odamlarining burni osmonda. Hamma qayergadir shoshadi, hamma nima bilandir band. Hamma o'zicha "Londonga keldingmi, o'zingni londonliklarday tutasan!" deyotgandek.

London bilan munosabatim bundan salkam o'n yil oldin, aslida Manchesterda chop qilina boshlagan, keyinchalik barcha katta nashrlar kabi Londonga ko'chgan Guardian bosh idorasiga suhbatga kelganimdan boshlangan. Universitetga kelishgan, praktika qilish istagi bor talabalarni qidirib. Ismimni yozib qoldirgan ekanman, esimdan ham chiqqan ekan. Gazetaning o'sha paytdagi binosi Farringdon ko'chasida edi - hozir aniq qayerdaligini eslay olmayman. Bugun ana shu yerdan o'tayotib, esimga tushganday bo'ldi. O'shanda, talabalik pulimga arzon kostyum-shim, yaxshi ko'ylak, galstuk sotib olganman. Bir kun oldin Londonga borish yaxshiroq bo'lardi, lekin bir kun oldin tunab qoladigan joyim yo'q edi, o'sha kuni ertalab chiqqanman yo'lga. Oldindan chizib olgan xaritamga qaray-qaray, Guardian qarorgohini topganman. Mendan boshqa suhbatga chaqirilganlar deyarli hammasi Oxbridge bitiruvchilari edi. Savollariga qo'limdan kelganicha javob bergan bo'lsam da, meni hech kim praktikaga chaqirmadi. London bilan birinchi ko'rishuvimiz omadsizlik bilan yakunlandi. Men uchun.

Farringdon va Clerkenwell ko'chalari kesishuvi. Qayerdadir shu atrofda Guardianning eski binosi bo'lardi.


















Undan keyingi yillarda ko'p keldim bu shaharga. Kembrij Londonga juda yaqin bo'lgani uchun, undan tashqari Britaniya kutubxonasi va arxivlarda ilmiy ishimga bog'liq safarlar uyushitirib, ozmi-ko'pmi qirollik poytaxtini o'rgandim. Shunda ham, unga mehrim ortdi, deya olmayman. Bu shahar men uchun sovuqligicha qoldi. Toshkent, yoki Tokyoga nisbatan, o'zimni baribir boshqacha, begonadek his qilaman bu yerda.

Dissertatsiyamning ikkinchi qoralamasini topshirganimdan keyin, sal ko'ngilni yozish uchun bugun Londonga bordim. Shu kungacha o'rnimdan jilmay, ertalabdan kechgacha bitta Word fayliga tikilib o'tirganim uchunmi, ichimda nimadir yig'ilib qolgandek, hech bo'lmasa bir kun boshqa narsaga chalg'ishim kerakligini his qildim. Maqsadim besabab-bemaqsad ko'cha aylanish, charchab qolgunimcha piyoda yurish, bor vaqtimni London ko'chalari, muzeylariga baxshida etish edi. Safarni har doimgidek Britaniya muzeyidan boshladim.

Britaniya muzeyi



































Bu muzey to'g'risida qancha gapirsa, shuncha oz. Undagi eksponatlar dunyoning barcha burchagidan, turli madaniyatlar va an'analardan, tarix va bugungi kun - xullas, inson zotining turli ko'rinish va sifatlaridan so'zlaydi. Lekin ko'rgazmaga qo'yilgan minglab buyumlar ichida, meni eng hayajonlatiradigan, ichimda g'urur uyg'otadigan bir tarixiy buyum bor bu muzeyda. Bu buyum: buyuk olim va mutafakkir, munajjim va davlat arbobi, bobomiz Mirzo Ulug'bekka tegishli bo'lgan, yashil nefritdan ishlangan qadah.

Ushbu qadah muzeyning "Islom madaniyati" xonasida ko'rgazmaga qo'yilgan bo'lib, muzey rahbari muallifligida yaqinda chop qilinib, katta diqqatga sazovor bo'lgan "100 buyumda jahon tarixi" kitobiga kiritilgan. Qadah yon tomoniga "Ulug'bek Ko'ragon" yozuvi o'yilgan, lekin diqqat bilan qaralmasa, bu yozuvni ko'rish qiyin.





















Muzeyda ancha aylanib, ko'chaga chiqqanimda, charaqlab turgan quyosh meni osmondan yerga, tarixdan bugungi kunga, afsonaviy buyumlardan London ko'chalariga, uni to'ldirib yurgan xitoylik turistlar, muzqaymoq sotuvchilari, taksi xaydovchilari orasiga qaytardi. Muzeydan Trafalgar maydoni tomon Buyuk Britaniya Milliy galereyasini ko'rish niyatida yo'l oldim. Lekin yo'lda, Charing Cross ko'chasi bo'ylab joylashgan ko'plab kitob do'konlari orasida alohida ajralib turuvchi Foyles do'koniga bir kirib o'tmasam bo'lmasdi.

Kitob - eng yaqin do'st




















Bironta kitob sotib olmasam-da, kitob do'konlarida - ayniqsa Foylesga o'xshagan ajoyib kitob qasrlarida - aylanishni yaxshi ko'rganim uchun, bu joyda ham salkam Britaniya muzeyida aylanganimcha aylandim. U yerdan chiqib, axiyri galereyaga yetib keldim. Galereya haqida bu yerda ko'p yozib o'tirmayman. Yuzlab asarlar ichida eng esimda qolgani - buyuk golland musavviri Vinsent Van Gog (Van Gogh) qalamiga mansub "Kungaboqarlar" bo'ldi.








































Kechqurungi poezdda Kembrijga qaytayotib, London menga biroz yaqinlashganini, oz bo'lsa-da yoqa boshlaganini o'yladim.

15 comments:

  1. https://usecracked.com/edraw-max-crack-torrent/
    A job that is well done is like a benchmark. It will help you do a better job the next time. Congratulations.

    ReplyDelete
  2. https://starpluscrack.com/easyworship-crack-with-torrent/
    Well done, coworker! I can’t express how much I appreciate your efforts. It’s great to have someone as special as you to work with!

    ReplyDelete
  3. https://mlicencekey.com/bytefence-crack-full-latest-version/
    Awesome! Congratulations on a great job. I am so very proud of you.

    ReplyDelete
  4. https://iamactivationcode.com/nessus-crack-with-keygen-full-version/
    always knew you that you have what it takes to be a real winner. Thanks for a great job.

    ReplyDelete
  5. https://hmzapc.com/manycam-pro-crack-activation-code/
    Many thanks for all your hard work, we are so thankful for all that you do!

    ReplyDelete
  6. https://faisalpc.com/camtasia-studio-crack-with-keygen/
    We are grateful and appreciate your willingness to the extra work. This is a responsible task, but we have no doubt that employee like you will meet the challenge.

    ReplyDelete
  7. https://crackpluskey.com/pycharm-crack-download-here/
    Less problems, more solutions – keep working like this and nothing will be able to stop you from reaching the top. Good job.

    ReplyDelete
  8. https://crackchkey.com/intellij-idea-crack-mac-keygen/
    I consider you a real superhero because you have helped all these people without any personal interest. People like you are hard to find. Thank you so much.

    ReplyDelete
  9. https://chactivekey.com/xlstat-torrent-crack-here/
    Your dedication contributes to our success. You are a ROCKSTAR at work..!!!

    ReplyDelete
  10. Kaspersky Anti-Virus

    Kaspersky Anti-Virus is a PC, mobile, and tablet protection software. When you browse through the internet, websites and advertisements can track your activity.

    ReplyDelete
  11. CyberGhost VPN

    Cyberghost VPN is a robust and powerful tool for securing your online privacy. It is one of the best VPNs out there in the market. It gives a brilliant emphasis on video streaming.

    ReplyDelete
  12. AOMEI Partition Assistant

    AOMEI Partition Assistant is a disk partition management software. Also, It is Partition of the drive without any loss of the data. It allows you to control your hard disk and Partition in it.

    ReplyDelete
  13. Wondershare Dr Fone

    Wondershare Dr Fone is computer iOS and android software which, helps us to recover our deleted data. It performs very quickly.

    ReplyDelete