Thursday, 5 November 2015
Otalik haqida romanlar: Kormak Makkarti, "Yo'l"
Bundan salkam bir yil oldin, hazin va yomg'irli noyabr kunlaridan birida, Kembrij markaziy kutubxonasidan anchadan beri o'qishni rejalashtirib yurganim kitobni albatta o'qish niyati bilan olganim esimda. Roman muallifi Kormak Makkarti (Cormac McCarthy) ismini oldindan bilardim. Ko'pchilik tomonidan nafaqat zamonaviy AQSh adabiyoti, balki ba'zilar butun boshli ingliz tilida yoziladigan adabiyot vakillari ichida eng buyugi, deb ulug'laydigan yozuvchi. Ingliz tilidagi romanlar haqida gap ketganida, shaxsan men hamisha amerikalik yozuvchilarni boshqalardan (masalan, inglizlardan) ustun qo'yib kelganman. Yashirmayman, Hemingway, Folkner, Steynbek, Philip Roth, Don DeLillo, Pol Oster, Norman Meyler, Jonathan Franzen va hokazolarning muxlisiman. Shu sababdan, Makkartini ham o'qib ko'rmoqchi edim. Yozuvchi qalamiga mansub asarlarga asoslanib olingan filmlarni ko'rgan bo'lsam-da ("Qariyalarga bu yerda joy yo'q", "Sanset limited poyezdi"), uning biron bir asarini o'qimagandim. Aynan 'Yo'l' (The Road) romanini tanlashimga sabab nima edi?
Subscribe to:
Posts (Atom)