Yaqinda bir joyga ish bilan borib, o'sha yerda ishlaydigan insonlarga havasim keldi. O'zimning ishim o'zimga juda yoqadi, lekin ana shularning orasida bir ishlab ko'rgan bo'lardim, deb o'ylab qo'ydim.
Aslida, men havas qiladigan kasblar bir nechta. Vaqt topib, shularning har biri haqida yozmoqchiman.
Siz-chi? Qaysi kasbga eng ko'p havas qilasiz?
Sunday, 13 March 2016
Sunday, 10 January 2016
Yozuvchi Robert Makfarlen bilan uchrashuvim haqida
Bu uchrashuvga ikki oydan oshdi, yozishga shu kungacha qo'lim tegmadi, lekin hechdan ko'ra kech:
Robert Makfarlen (Macfarlane) ismini ilk bor 2014 yilning boshida, uning Intelligent Life jurnalida chop qilingan bir maqolasini o'qib, eslab qolganman. O'shanda bu jurnalni iPadda tekinga o'qisa bo'lardi (adashmasam, hozir ham mumkin); The Economist ning "singlisi" bo'lgani uchun, sifati undan qolishmaydigan, turli-tuman qiziqarli mavzularda maqolalar ko'p chiqadi. Yozuvchining ismiga ahamiyat bermasdan, Marsda joylashgan, balandligi yigirma ikki kilometrlik bir tog' haqidagi maqolani o'qiy boshladim. O'qib tugatgach, biroz hayrat bilan yozuvchining ismini qidirdim. Maqola ajoyib yengillik bilan o'qildi: kim yozgan bo'lsayam, tilning ustasi ekanligi shunday ko'rinib turardi.
Muallifning Robert Makfarlen ekanini, uning ustiga u mening universitetimda dars berishini bilganimdan keyin, unga qiziqib qoldim. Kitob do'koniga keyingi borishimda, uning Yovvoyi joylar (The Wild Places) kitobini sotib oldim va, birinchi betini o'qib tugatmasimdan yana o'sha tanish tuyg'uni his qildim. Sahifadagi yozuv meni huddi gipnoz qilayotganday bo'ldi: bir qarashdan juda oddiy, lekin nihoyatda teran gaplar, ajoyib qiyoslar, vaziyatga juda uyg'un ta'riflar. Matn shunchalik tiniq yozilgan edi-ki, ko'z oldimda turli tuman sahnalar gavdalanar, yozuvchi ko'zi bilan ko'rgan, oyog'i bilan bosgan yerlarda bo'lmagan bo'lsam-da, ularni aniq tasavvur qila olardim.

Thursday, 5 November 2015
Otalik haqida romanlar: Kormak Makkarti, "Yo'l"
Bundan salkam bir yil oldin, hazin va yomg'irli noyabr kunlaridan birida, Kembrij markaziy kutubxonasidan anchadan beri o'qishni rejalashtirib yurganim kitobni albatta o'qish niyati bilan olganim esimda. Roman muallifi Kormak Makkarti (Cormac McCarthy) ismini oldindan bilardim. Ko'pchilik tomonidan nafaqat zamonaviy AQSh adabiyoti, balki ba'zilar butun boshli ingliz tilida yoziladigan adabiyot vakillari ichida eng buyugi, deb ulug'laydigan yozuvchi. Ingliz tilidagi romanlar haqida gap ketganida, shaxsan men hamisha amerikalik yozuvchilarni boshqalardan (masalan, inglizlardan) ustun qo'yib kelganman. Yashirmayman, Hemingway, Folkner, Steynbek, Philip Roth, Don DeLillo, Pol Oster, Norman Meyler, Jonathan Franzen va hokazolarning muxlisiman. Shu sababdan, Makkartini ham o'qib ko'rmoqchi edim. Yozuvchi qalamiga mansub asarlarga asoslanib olingan filmlarni ko'rgan bo'lsam-da ("Qariyalarga bu yerda joy yo'q", "Sanset limited poyezdi"), uning biron bir asarini o'qimagandim. Aynan 'Yo'l' (The Road) romanini tanlashimga sabab nima edi?
Saturday, 18 July 2015
London haqida
London bilan munosabatlarimiz o'ziga xos. Uni yomon ko'raman, deb aytolmayman, garchi yoqmaydigan jihatlari ko'p. Lekin yaxshi ko'raman, deyishim ham qiyin.
Monday, 22 June 2015
Kitob - umid degani
Angliyaning deyarli har bir shahrida, ayniqsa odamlar gavjum markaziy ko'chalarda, "uysizlar" (homeless) tabaqasiga mansub odamlarni ko'p uchratasiz. Ko'p gazetalar bularni "kambag'allik chuquriga tushib, qaytib chiqa olmayotganlar" deb ham ta'riflashadi. Uysizlarning hammasi ham tilanchi emas, lekin aksariyati ko'chaga qalpog'ini qo'yib, o'tgan-ketganga "Tanga bo'lsa tashlab keting" deb o'tiradi. Qorong'uroq ko'chada duch kelib qolsangiz, do'q qilib pulingizni tortib olishdan ham qaytishmaydi. Uysiz-joysiz bo'lgani uchun, sovuq qishlarda ham ko'chada uxlashadi. Kembrijga kelgan yilim mahalliy gazetada o'qiganim esimda: qahraton payti sovuqdan saqlanish uchun bir guruh uysizlar shahardagi qabristonlarning birida, qabr toshlarini siljitib, qabrlarga kirib uxlasharkan.
Uysizlarga qayishadigan tashkilotlar bor, odamlardan pul yig'ib, qish paytlari ularga issiq ovqat, kechasi uxlashga yotoqxona tayyorlashadi. Big Issue degan jurnal bor: mashhur jurnalistlar ushbu jurnalga tekinga maqola yozadi (hayriya maqsadida), jurnalni uysizlar ko'chada turib sotishadi, yarim pulni Big Issue jamg'armasiga, yarmini esa o'zlariga qoldirishadi. Ba'zi hayriya tashkilotlar ularga o'qish-o'rganish va oqibatda ish topishda yordam beradi. Shunga qaramay, bularning soni ko'paysa ko'payayapti-ki, kamayganini men hech sezmayman. Odamlar orasida uysizlar to'g'risida yuradigan mishmishlarga ko'ra, bular ish topolmagani uchun emas, ishlashni xohlamagani uchun ana shunday ko'chada yashashadi. Inglizlar uysizlarni ko'pincha inglizchada D harfi bilan ataladigan uch narsa: narkotiklar, ichkilik va itlar (drugs, drinking, dogs) bilan bog'lashadi. Bunda haqiqat bor: uysizlar deyarli har doim itlar bilan birga yurishadi, yashashadi, sovuq tunlari esa quchoqlashib yotishadi. Ularning aksariyati mast holda yuradi; bu mastlik narkotiklar ta'siri ostidami, yo ichkilik natijasidami, aniq aytish qiyin.
Uysizlardan juda muloyim muomala ham kutib o'tirish kerak emas. Yuqoridagi suratni Londondagi Highbury & Islington bekati yonida tushirganman; suratni olishim bilan, uxlab yotgan itning egasi yonimga yugurgilab kelib, baland ovozda mendan pul talab qila boshladi. Yonimda yurgan do'stim "Berma!" deganiga qaramasdan, bir funt berib qutulganim esimda. Ba'zilari o'zicha muloyimona ingliz tilida ("Excuse me please, Sir...") murojaat qiladi, ahamiyat bermasdan o'tib ketsangiz, orqangizdan so'kadi ("Yo'qol kelgan yurtingga, va hk"). Qisqasi, uysizlarni juda tartibli va xushmuomala fuqarolar deyish qiyin.
Lekin ana shularning ichida ham har xil odam bo'lar ekan. Quyoshli kunlarning birida, London markazidagi Piccadilly ko'chasidan o'zimning sevimli Waterstone's kitob do'koniga ketayotib, mana bu manzaraga ko'zim tushdi.
O'zim ham kitob ko'rishga ketayotganim uchunmi, bilmadim, lekin bu manzara meni ilhomlantirdi. Hammaga ham juda oddiy stereotiplarga ko'ra baho bermaslik kerakligini yana bir bor esladim. Uysizlarning hammasi ham men bilgandek emasligi, ularning orasida ham xuddi men bilan siz kabi kitoblardan zavq oladiganlari borligini o'ylab ko'rmagan ekanman. Ko'rib turganingizdek, yuqoridagi yigit topgan tangalarini ichkilik bilan narkotikka emas, qahva bilan elektron kitob o'qigichga sarflagan. Kitob o'qigan odamdan esa biroz bo'lsa-da umid qilsa bo'ladi.

Wednesday, 28 January 2015
Ingliz qishining hidi
Angliyada qish boshlanishini nimadan sezaman? Birinchi qordan emas, chunki bu yerda qor deyarli yog'maydi. Men uchun, ingliz qishining o'z hidi bor: kaminda yonayotgan o'tin hidi. Noyabr oxiri-dekabr boshlarida ko'chada ketayotib, burnimga ana shu hid chalinganda, qish kelganini tushunib yetaman. Bu safar kuz bilan qish almashinuvi paytida Yaponiyadan yana Angliyaga qaytganim uchunmi, buni yanada yaqqol sezdim.
Bu hid menga har yili qishning qadamini yetkazibgina qolmay, bolaligimni, rahmatli bobomni esimga soladi. Besh-olti yoshlarimda, bobom bilan birga qurigan daraxtlarni arralab, qishda pechkada yoqish uchun o'tin tayyorlaganimizni eslayman. Bobomning katta bog'i bo'lardi (hozir ham bir qismi bor), unda hamma turdagi mevali daraxtlar har yili shoxlari yerga tegadigan bo'lib meva solardi. Shaftolining bir necha navi, olma, anor, xurma, bodom va yana bir qancha turdagi mevali daraxtlar janub quyoshi ostida g'arq pishgan shirin mevalarini ko'tara olmasdan, shoxlari egilib meni kutib turardi bu bog'da. Shuning uchun yozda qishloqqa, bobomning uyiga borishni intiqlik bilan kutardim; butun kun mevadan boshqa narsa yemasdan o'tkazardim yozni. Kuzda esa xurma pishardi: mevalarini yuvib o'tirmasdan, maykaga bir-ikki artib, daraxtning tagidayoq paqqos tushirardik. Qarib, qurib qolgan daraxtlarni esa bobom boshchiligida pechkaga sig'adigan kattalikda arralab, quruq joyga terib qo'yardik.
Qish kelgach, xuddi hozir derazamdan ko'rinib turgan ingliz mo'rilaridan osmonga oppoq bo'lib ko'tarilayotgan tutunga o'xshash tutun ota-bobom tug'ilgan qishloqning tomlaridan ham ko'tarilardi. Hech farqini sezganmisiz, bilmadim, lekin mevali daraxt yonganida tutunning hidi ham boshqacha, shirin bo'ladi.
Har gal Kembrij ko'chalarida odamlar uyi oldidan o'tganimda, shirin tutun hidini begona yurt shamoli olib kelganida, olis bolaligimni, yillar oldin mevalarini bizga yedirib, endi kuli ko'kka sovurilgan daraxtlarni, daraxtlar ostidan menga qarab kulib turgan, telpakli-choponli bobomni esga olaman.
Friday, 11 July 2014
Cho'ntakbop kitoblar: bunko va shinsho
Yaponiyada kitob do'konlariga kirganimda, albatta cho'ntakbop kitoblar javonlarini ko'zdan kechiraman. Bular asosan ikki turda bo'ladi: A6 o'lchamidagi (10.5 X 14.8 santimetr) bunko shaklida ko'pincha badiiy asarlar va ommabop adabiyot chop qilinadi, undan uzunroq shinsho formatida esa "non-fiction," ya'ni badiiy bo'lmagan, ilmiy yoki ommabop asarlar chiqadi. Bundan besh yilcha oldin, eski kitoblar sotiladigan do'konlardan biriga kirganimda, sotuvdagi xilma-xillikdan biroz esankiraganim esimda. Bu hayrat biroz o'tib alamga o'xshash bir tuyg'uga o'zgardi: "Shuncha kitob, har biri ¥100 dan ($1), men esa shularning birontasini o'qiy olmayman!" Yillar o'tib, men bularni chala-chulpa o'qiydigan bo'ldim, ular men uchun Yaponiyaning ajralmas bo'lagiga aylandi. Bu kitoblarni shunchalik yaxshi ko'ramanki, boshqalarga ham ular haqida aytib bergim keladi.
Subscribe to:
Posts (Atom)