Wednesday, 20 March 2013

Kino qanday bo'lishi kerak?

Kino haqida do'stlar bilan suhbatlashganda, ko'pincha bir mavzu ustida tortishib qolamiz. Ba'zi tanishlarim men filmlar haqida gapirganimda "Qo'ysang-chi shu qayg'uli kinolaringni, hayot shusiz ham og'ir," deyishadi. Mening kinodagi didim shunaqaroq - dard bo'lmasa, san'at bo'lmaydi, deydiganlardanman.

Lekin bu fikrga qo'shilmaydiganlar talaygina. "Kinoni dam olish uchun ko'rish kerak, kino kayfiyatni ko'tarishi kerak," deb fikrlaydigan odamlarni juda ko'p uchrataman. Qizig'i shundaki, ularning aksariyati - vatandoshlar.

Siz nima deb o'ylaysiz? Balki bizda (ya'ni, bizning avlod O'zbekistonliklari orasida) ko'pchilik shunday deb o'ylagani uchun ham komediya janri mashhurdir? Bir sanab ko'rish kerak, erinmasdan, bizda ishlanadigan kinolarning necha foizini "jiddiy" filmlarga qo'shsa bo'ladi. Aniq bilmayman, lekin bu foiz juda baland bo'lmasligi aniq. Shuning uchun bo'lsa kerak, eng yaxshi kinolar orasiga "Parizod"ga o'xshagan, odamlarni fikrlashga undaydigan filmlar tushmaydi, ular haqida hech kim eslamaydi ham.

3 comments:

  1. Мана, сизнинг постингиздан кўп ўтмай бир бошқа одам томонидан ёзилган блогпост: http://lifezgd.blogspot.com/2013/03/blog-post_21.html :)

    ReplyDelete
  2. Fransua Ozon deganlarining bir filmini ko'rib, ikkinchi ko'rmaydigan bo'lganman: Капли дождя на раскаленных скалах degan. Hozirda o'tgan yil festivallarida sovrinli o'rinlarni olgan filmlarni birma-bir ko'rib chiqayapman. Tomas Vinterbergning "Ov" (Jagten) filmi judayam yoqdi. Tavsiya qilaman.

    ReplyDelete
  3. Kino Lars fon Triyerning "Dogvil"i singari rostgo'y bo'lishi kerak.

    ReplyDelete